Www xb uz lotoreya

Xalq banki

“Ziyorat” Ixtiyoriy pensiya dasturi

QISQАCHА MАZMUNI:

Ziyorat dasturi bu kelajakda boʼlajak nafaqahoʼrlar oʼzlari uchun mablagʼlarni
jamgʼarib borish orqali oʼtkazgan mablagʼlari hisobidan «Haj» va «Umra»
ziyoratlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratish.

FUQАRO FOYDАSI:

Fuqaroning shaxsiy pensiya hisobvaraqamlaridagi mablagʼlarga yillik
ustama foiz hisoblab qoʼshiladi:
Fuqaro 5 yil davomida 0.5 mln. soʼm mablagʼ oʼtkazib borsa, 5 yildan soʼng ushbu
mablagʼlar va unga qoʼshilgan ustama haqi hisobidan ikki kishilik yoʼllanmaga ega
boʼlish orqali «Haj» va «Umra» ziyoratlarini amalga oshirish.

IMTIYoZ:

Imtiyoz: bunda Xalq banki fuqaro tomonidan oʼtkazilgan mablagʼlarni
jamgʼarib boradi va har yili ushbu mablagʼlarga 20 foiz miqdorida (har yili resurs
bozoridan kam boʼlmagan miqdorda) ustama haqi toʼlanadi.
Bundan tashqari, fuqaro ushbu mablagʼlarni oʼzining oylik ish haqidan oʼtkazib
borgan taqdirda, daromad soligʼidan ozod etiladi. Demak, agar fuqaro bir yilda 0,5
mln soʼmdan oʼtkazsa, yiliga 6,0 mln. soʼm, ushbu oʼtkazgan mablagʼdan 0,7 mln. soʼm
daromad soligʼidan ozod etiladi. Ushbu mablagʼlar 5 yil davomida 3,6 mln. soʼm foyda
koʼrishiga va har yili Xalq banki tomonidan resurs bozoridan kam boʼlmagan miqdorda
foiz mablagʼlariga ega boʼladi.

“Kelajakka ishonch» dasturi haqida.

QISQАCHА MАZMUNI:

“Kelajakka ishonch” shaxsiy pensiya dasturiga mablagʼlar jismoniy
shaxslardan toʼlanadigan badallarning eng kam yoki koʼp miqdori cheklanmagan
miqdorda
bankning filiallari tomonidan tuzilgan shartnomaga asosan 5 yil muddatga naqd pulda
yoki
naqd pulsiz shaklda (jumladan, plastik kartochkalar orqali) qabul qilinadi.

MАQSАD:

Kelajakda pensiya mablagʼiga ega boʼlish:
Daromad soligʼidan ozod boʼlish orqali oʼz jamgʼarma mablagʼlarini koʼpaytirib
borish:

ShАRTLАR:

Аgar fuqaro shartnoma muddati tugagandan keyin badallar kiritishni davom
ettirsa tuzilgan shartnoma muddati keyingi 5 yilga uzaytiriladi.
Fuqaro ketma-ket 3 (uch) oy davomida ushbu dastur boʼyicha har oyda kiritilishi
kerak
boʼlgan mablagʼlarni jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga kirim qilmagan
taqdirda Xalq banki ushbu sharnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.

Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchamda yig‘ilgan mablag‘larni qachon, qaerda, qay holatda olishim mumkin?

Fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy
yashash joyiga chiqib ketayotgan bo‘lsa, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya
hisobvarag‘ida
jamg‘arilgan mablag‘lar bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanadi.

Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovi fuqaroning yashash joyida (propiska) joylashgan Xalq
banki
filiali orqali amalga oshiriladi.

Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovini bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib olish mumkin.
Yoshga doir pensiya va nogironlik pensiya bo‘yicha mablag‘ oluvchilarning pensiya to‘lovini
olish xuquqi BTPJ (SOBES) ma’lumotlar bazasidan onlayn aniqlanadi.

Xarbiy pensionerlar xarbiy pensionerlik guvohnomasi, chet elga ko‘chib ketuvchilar chiqish
varaqasi (listok ubitya), meros bo‘yicha oluvchilar notarial tasdiqlangan meros
bo‘yicha
guvohnomasi (yoki vasiyatnoma) va o‘lim haqidagi guvohnoma taqdim etishlari kerak
bo‘ladi.

Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchani qanday va qaerda ochsam bo‘ladi?

“Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi
Qonunining 10 moddasi hamda “Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish
bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
238-sonli qaroriga asosan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimga hisobga olish “Davlat
xizmatlari
markazi” (Yagona darcha) yoki yagona davlat interaktiv xizmatlar portali
(my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi va onlayn rejimda jamg‘arib boriladigan pensiya
tizimiga hisobga olinganligi to‘g‘risida xabarnoma beriladi, shundan so‘ng Xalq bankining

http://cabinet.xb.uz:82/ sayti orqali “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimga
ro‘yxatga
olinganli to‘g‘risidagi ma’lumotnoma”ni chop etiladi.

Оцените статью